SOHIBQIRON NOMI AVLODLAR QALBIDA!
Asosiy badiiy kecha boshlanishidan oldin Universitetimiz rahbari, rektor B.Mirzayev bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Berilgan savollarga javob olindi, takliflar bildirildi. Rektorimiz tomonidan aytilgan yangiliklardan ota-onalarning keng jamoasi xursand bo’lishdi. Zero, amalga oshirilayotgan va chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan barcha istiqbolli ishlar zamirida ularning farzandlari-talabalarning ilmiy manfaaati hamda kelajagi e’tibor markazida. Samimiy suhbat bayram tadbiriga ulanib ketdi.
Sahna chiqishlar, jangovor uslubdagi o’zgacha raqslar, jonli ijrolar va kuy-qo’shiqlar barchaga birdek manzur bo’ldi. “Ayniqsa menga qo’shiqlarni maromiga yetkazib aytadigan Oybek Hamroqulovni tashrifi juda yoqdi. Yana, taqlidchi bolani ham ko’rib xursand bo’ldim. O’zi umuman bayramga haqiqiy iste’dodlarni chaqirishibdi-ya, rahmat-eee”,-dedilar Chirchiqdan tashrif buyurgan Saodat opa (212-guruh talabasi Niyazov Sardorning oyisi) quvonchlarini yashira olmay.
Darhaqiqat, barchaning qalbida bu kun unutilmas kun sifatida muhrlanganiga ishonamiz. Xalqimiz suygan, qadrlagan shoir Usmon Azim, san’atkor Oybek Hamroqulov, aktyor Tesha Mo’minov, “Muqimiy” teatri aktyor, aktrisalari, Abdulla Qodiriy maktabining iste’dodli o’quvchilari va yana ko’plab davraga fayz bag’ishlagan insonlarga va ana shunday ajoyib badiiy kechani tashkillashtirgan mas’ullarga shaxsan o’zimning hamda mehmonlarning nomidan ham minnatdorchilik bildirib qolaman. Universitetimizga yuksalish, marralar, zafarlar va bayramlar yarashadi.
“QSXET” fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola va
Gulchehra Axmedjanova axboroti